Madaniyat vazirligi “ERP madaniyat” tizimini joriy etmoqda
Bugun Madaniyat vazirligida sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda vazir oʻrinbosari Murodjon Majidov ishtirokchilarga “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi haqida maʼlumot berdi.
Mazkur tizim 2024–2027-yillarga moʻljallangan harakatlar dasturi asosida ishlab chiqilmoqda. “ERP madaniyat” doirasida boshqaruv, taʼlim, ijodiy faoliyat va aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlariga oid jami 26 ta axborot tizimi ishlab chiqiladi. Shuningdek, 12 ta yangi elektron davlat xizmati va 5 ta mobil ilova joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu raqamlashtirish natijasida tizimdagi 1 400 dan ortiq tashkilot faoliyati qamrab olinadi, 34 mingdan ortiq xodim va ijodkorlarning yagona bazasi shakllantiriladi, ularning ijodiy faoliyati asosida milliy reyting yuritiladi. Shuningdek, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligi oshirilib, yiliga 19 mlrd soʻmgacha tejalishi kutilmoqda.
Tizim 2025-yil may oyidan boshlab 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich joriy etiladi va boshqa idoralar bilan integratsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring