Madaniyat markazi zamonaviy mezonlar asosida faoliyat koʻrsatadi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahri markazida joylashgan tarixiy madaniyat markazi mukammal taʼmirdan chiqarilib, bugungi davr talabi asosida faoliyat olib borishi uchun barcha qulayliklar muhayyo etildi.
— Prezidentimiz raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Fargʻonadagi ushbu madaniyat markazining ibratli ishlari alohida eʼtirof etilgani barchamizni mamnun etgan edi, — deydi Oʻzbekiston xalq artisti, Fargʻona davlat universiteti professori Sultonali Mannopov. — Darhaqiqat, mazkur madaniyat markazining oʻziga xos sharafli tarixi bor. Markaz binosi 1910-yilda bunyod etilgan boʻlib, u madaniy meros obyekti sifatida roʻyxatga olingan.
Yaqin yillarda markazda 6,5 milliard soʻmlik taʼmirlash hamda jihozlash ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda bu maskanda 83 ta toʻgarak, 21 ta xalq havaskorlik jamoasi va bolalar badiiy jamoalari faoliyat olib boradi. Toʻgaraklarga ming nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan. Isteʼdodli yoshlar orasida respublika va xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotganlari koʻpchilikni tashkil etadi.
Yangi taʼmirdan chiqqan madaniyat koshonasida 240 oʻrinli konsert zali, sanʼat va hunarmandchilik toʻgaraklari, sport xonasi barpo etilgani yutuqlar salmogʻini yanada oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Ayni jihatlarni inobatga olib, Fargʻona shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda bu yerda oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli oʻtkazish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik”da qoʻshimcha turli toʻgaraklar tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring