Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” -Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi oʻz ishini boshladi
Bugun Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Madaniy meros obyektlarini oʻrganishda yadro fizikasi usullarini qoʻllash” mavzusida Uchinchi Xalqaro ishchi kengashi faoliyati boshlandi. Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti hamda Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining neytron fizikasi laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan.
Kengash Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston olimlari va mutaxassislarining yadro fizikasi, yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy ishlari va ularning yuqori saviyasi xorijdagi hamkasblarida katta qiziqish uygʻotayotganligi ularning tashkil etilayotgan kengashda keng ishtirok erish istagidan bildirishlarida namoyon boʻlmoqda. Kengashda Rossiya, Qozogʻiston, Vetnamdan 47 nafar olim, shu jumladan Toshkent va Samarqand ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlaridan 19 nafar olim ishtirok etmoqda.
Ushbu Kengashni oʻtkazishdan asosiy maqsad yosh mutaxassislar va magistrantlarning yadro fizikasi faniga boʻlgan qiziqishini oshirish boʻlib, yadro fizikasi sohasidagi yangiliklarni almashishlari uchun turli ilmiy markazlarning yetakchi olimlari yadro fizikasi, arxeologiya, sinxrotron va neytron tadqiqotlari, madaniy meros obyektlarini buzmasdan tadqiq qilish boʻyicha maʼruzalar oʻqishlari uchun taklif etilgan.
Kengash yalpi majlislarda jami 10 ta maʼruza, shoʻba majlislarida 20 ta maʼruza eshitiladi. Kengashda turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring