Lyuksemburg jamoat transporti bepul ilk mamlakat
Foto: www.google.com
29-fevraldan Yevropa Ittifoqi aʼzosi Lyuksemburg davlati jamoat transporti mutlaqo tekin boʻlgan ilk mamlakatga aylandi.
Lyuksemburg hukumati taʼkidlaganidek, jamoat transportining mamlakat miqyosida tekin qilib qoʻyilishi jahon tarixida ilk marotaba sodir boʻlmoqda.
Yoʻllardagi avtomobillar sonining kamayishi va bu orqali yoʻlga tushayotgan yuklama hajmini pasaytirish uchun bu tadbirga qoʻl urilgan.
Jamoat transporti chiptalari sotuvidan mamlakat byudjeti 41 million yevro pul topadi — bu byudjetning 8 foizni tashkil qiladi.
Lyuksemburgda 614 ming kishi doimiy yashaydi. Ushbu davlatga har kuni 200 mingga yaqin kishi qoʻshni davlatlar — Belgiya, Fransiya va Germaniyadan ishlash uchun keladi.
Xabarlarga koʻra, avtomobillar soni boʻyicha Lyuksemburg Yevropada birinchi oʻrinni egallaydi — har 1000 aholiga 650 dan ortiq mashina toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring