Londondagi koʻrgazmada Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniyati targʻib qilindi
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson 2-fevral kuni Londonning «Olympia» koʻrgazma markazida boshlangan “Destinations the Holiday & Travel Show 2023” (dam olish va sayohatlar koʻrgazmasi)da ishtirok etdi.
Mazkur tadbir doirasida Sofi Ibottson tomonidan britaniyalik turoperatorlar, turistik tashkilotlar va sayyohlik OAVlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, Oʻzbekistonning boy turizm salohiyati, madaniyati, tarixi hamda madaniy merosi targʻib qilindi.
«Ushbu tadbir yevropalik turistlar, sayyohlik sohasi mutaxassislari, mashhur OAV vakillari, travel-fotograflari va tadqiqotchilari bilan bir qatorda ularning Oʻzbekistonga amalga oshiradigan keyingi sarguzashtlari uchun ilhom bagʻishlaydi», — dedi Sofi Ibbotson.
Qolaversa, turizm sohasida olib borilayotgan eng soʻnggi islohotlar, mavjud imkoniyatlar, soddalashtirilgan viza masalalari, aviaparvozlar qatnovi, yangi barpo etilgan turistik obyektlar, xususan, “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” tashabbusi va turistik zonalar haqidagi maʼlumotlar yevropalik sayyohlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Shuningdek, koʻrgazmada Oʻzbekistonga sayyohlarni joʻnatish bilan shugʻullanuvchi Buyuk Britaniyaning «Audley Travel», «Cox & Kings», «Exodus», «Explore», «G-Adventures», «Intrepid», «Jules Vernes», «Regent Holidays», «Steppes Travel», «Titan Travel», «TransIndus», «Travel the Unknown», «Trotting Soles», «Wendy Wu Tours», «Wild Frontiers», «Yellowwood Adventures» va boshqa yirik turistik tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning turizmga ixtisoslashgan «Bradt Guides» nashriyoti stend ostidagi «My Uzbekistan» va «Karakalpakstan» nomli turistik qoʻllanmalari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, Dam olish va sayohat koʻrgazmasi Buyuk Britaniyadagi yirik turistik tadbir boʻlib, 5-fevralgacha davom etadi. Ushbu tadbir 200 dan ortiq yetakchi va ixtisoslashgan mustaqil turizm brendlarini, jumladan, 100 dan ortiq turoperatorlar, mehmonxonalar tarmogʻi, sayyohlik kengashlari hamda keyingi taʼtilda qayerga sayohat qilishni oʻrganayotgan keng jamoatchilik vakillarini birlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring