“Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dastur” treningi ishtirokchilari parlament yuqori palatasi faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Senatida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamkorligida Oʻzbekistonda milliy laboratoriya tizimini rivojlantirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan “Laboratoriya liderlari/rahbarlari uchun global dastur” treningi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Baxrom Abdullayev hamda qoʻmita aʼzosi Gulnora Marufova uchrashuv ishtirokchilariga parlamentda qonunlarni muhokama qilish jarayoni, qonunchilik takliflarini koʻrib chiqish tartibi hamda tegishli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar parlamentning yuqori palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu esa ularga rahbarlik qobiliyatlarini takomillashtirish, davlat boshqaruvi tizimini chuqurroq tushunish hamda islohotlar jarayonini aniq baholash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring