Kusherbayev murojaatidan soʻng “Wizzair” aviakompaniyasi oʻzbek tilida ham xizmat koʻrsatishni boshladi
Raqobat qoʻmitasi Rasul Kusherbayevning “Samarqand-Abu-Dabi” yoʻnalishida “Wizzair” aviakompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardagi muammolar yuzasidan qoldirgan murojaatini koʻrib chiqdi.
Qo‘mitaning olib borgan oʻrganishlarida murojaatchiga uchish davrida aviakompaniyaning ekipaj aʼzolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida maʼlumot berilgani, bu qoidalarni oʻzbek va rus tillarida tushuntirib berishlari soʻralganida xodim qoʻpol muomalada boʻlib, bortni tark etishni talab qilingani va shu tarzda fuqaro mazkur reysda Abu-Dabiga yetib borgani maʼlum boʻldi.
Transport vazirligiga oʻrganishlar yuzasidan soʻrov xati yuborildi. Natijada, oʻzboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora koʻrildi.
Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj aʼzolariga parvozlar xavfsizligini taʼminlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayoʻlovchilarni hurmat qilish boʻyicha trening kurslari yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, aviakompaniya 2025-yilda Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi personallar oʻzbek tilida faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyilishi taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring