“Korzinka” supermarketlar tarmogʻiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Foto: dosug.uz
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Korzinka” (“Anglesey Food” MChJ) supermarketlar tarmogʻiga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Korzinka” tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx — Korzinkada”, “…Eng unumlisiga keling!” degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan soʻz jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilgan.
Mazkur reklama axborotlaridagi maʼlumotlarni oʻrganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak boʻladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat boʻlgan katalog joriy qilinganligi maʼlum boʻlgan.
Qayd etilishicha, “eng arzon narx” deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari boʻyicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxiga nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Qoʻmita reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻitishga olib keluvchi holat deb hisoblagan.
“Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasi, 16-moddasi birinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “Anglesey Food” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring