Koronavirusga qarshi yangi dori vositasi yaratildi
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti farmatsevt va farmakolog olimlari hamkorligida tabiiy va mineral manbalar asosida biotexnologik va kimyoviy sintez usuli bilan koʻp komponentli “Antikovir” dori vositasi yaratildi.
Klinikagacha va klinik tekshiruvlarda preparatni koronavirus infeksiyasini hujayralar ichiga kirishining oldini olish, virusga qarshi samarali taʼsir koʻrsatishi va gumoral immunitetni oshirishi aniqlandi.
“Antikovir” komponentlari antikoagulyant, antioksidant, sitoprotektor va immun tizimini stimullovchi hamda bakteriyalar va viruslarga qarshi faollikni taʼminlaydi.
Klinik tekshiruvlarda preparatning nojoʻya taʼsirlari kuzatilmadi, 92 foiz bemorlarda yuqori samarali taʼsiri aniqlandi.
Dori vositasining tovar belgisi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020-yil 13-noyabrda roʻyxatga olindi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 14-fevralda viruslar, jumladan, COVID-19 virusi bilan chaqirilgan koronavirus infeksiyasi, postkovid sindromini davolash va profilaktika qilish vositasi sifatida roʻyxatga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring