Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinab koʻrish boshlandi

04:48 24 Aprel 2020 Dunyo
1218 0

Arxiv surat

Yevropada, aniqrogʻi, Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinani odamlarda sinab koʻrish boshlandi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Tadqiqotda 800 nafardan ortiq koʻngillilar ishtirok etmoqda. Ammo dastlabki bosqichda ulardan faqat ikki nafari vaksina bilan emlangan. Keyingi bosqichda koʻngillilarning yarmi yangi vaksina bilan, qolgan yarmi esa meningitga qarshi dori vositasi bilan emlanadi. Ammo ularning hech biriga qaysi vaksinani qabul qilgani aytilmaydi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, eng ishonchli natijalarni qoʻlga kiritish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Dori vositasi uch oy ichida Oksford universiteti olimlari tomonidan yaratilgan. Professor, vaksinolog Sara Gilbertning taʼkidlashicha, koʻpchilik ushbu vaksinadan juda koʻp narsa kutmoqda.

“Albatta, biz uni sinab koʻrishimiz va maʼlumot toʻplashimiz kerak. Haqiqatan vaksina koronavirusga qarshi samarali taʼsirga ega boʻlishiga ishonch hosil qilsak, shundan keyin undan ommaviy ravishda foydalana olamiz“, deydi Sara Gilbert.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, aynan shu tadqiqotchilar guruhi Yaqin Sharqda tarqalgan koronavirusning boshqa bir turi — “MERS”sindromiga qarshi vaksina ishlab chiqqan edi.

Oldinroq Oksforddagi Jenner instituti direktori Adrian Xill Buyuk Britaniyada vaksina tayyor boʻlishi bilan sentyabrgacha undan million doza ishlab chiqarilishi haqida aytib oʻtgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер