Koronavirus oʻpkada qanday asoratlar qoldirmoqda?
— Pandemiya boshlangandan buyon COVID-19 juda koʻp bor mutatsiyaga uchradi. Avvaliga koronavirusning oʻzi insonlar hayotiga katta xavf tugʻdirgan boʻlsa, keyinroq uning ogʻir asoratlar keltirib chiqarishi maʼlum boʻldi, — dedi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpiyeva.
Shundan eng keng tarqalgani — oʻpka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan soʻng oʻpkada chandiqlar hosil boʻlib, bu, vaqt oʻtishi bilan nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keldi.
Pandemiyaning ilk yillarida COVID-19ga chalingan bemorlarning taxminan 20-25 foizida pnevmoniya rivojlangan boʻlsa, “delta” shtammi dominant versiyaga aylangach, bu koʻrsatkich yanada ortdi. Eng yomoni, oʻsha yillarda oʻlim koʻrsatkichlari keskin koʻpaydi. Muolaja olib, toʻliq sogʻayganlarda ham asoratlar qoldi. Oʻpkadagi yalligʻlanish oʻrnida chandiqlar paydo boʻldi.
Fibroz tufayli sogʻlom oʻpka toʻqimalari oʻz xususiyatini yoʻqotadi. Oqibatda alveolalar (oʻpkadagi gaz almashinuvi uchun masʼul pufakchalar) kislorodni oʻzlashtira olmaydi va nafas olish funksiyasi buziladi. Agar tegishli muolajalar amalga oshirilmasa, oʻpka fibrozi asta-sekin qator asoratlarni yuzaga keltiradi.
Jumladan, bemor hansirash va havo yetishmasligi, surunkali yoʻtaldan aziyat chekadi. Oʻpka, yurak yetishmovchiligi paydo boʻlishi mumkin. Miyaning kislorodga toʻyinmasligi esa ruhiy holat va ong oʻzgarishiga olib keladi.
Kuzatuvlarga koʻra, “omikron”ning VA.2 turida ham “delta” shtammiga xos xususiyatlar qisman namoyon boʻldi. Yaʼni, mazkur subvariant yuqori nafas yoʻllarigagina emas, balki insonning nozik aʼzosi — oʻpkasiga “zarba” berdi.
JSST tomonidan bu yil COVID-19 pandemiyasi bekor qilinishi kutilmoqda. Ammo bu odamlar endi koronavirusga chalinmasligini anglatmaydi. Faqat infeksiyani yuqtirish koʻrsatkichlari keskin kamayib, oʻsish dinamikasi qayd etilmasligi mumkin. Shu bois, kasallikning oldini olish uchun virusga qarshi toʻliq bosqichda hamda buster dozada emlanish lozim. Bu esa eng toʻgʻri va samarali yoʻldir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring