Koronavirus yer sharining “soʻnggi” nuqtalarini ham “zabt etmoqda”
Dunyoda SOVID-19 kirib bormagan sanoqligina mamlakat qolgan. Shulardan biri Tonga Qirolligi edi. Tinch okeanida joylashgan mazkur orol-shtatda 106 ming kishi yashaydi. Ammo kecha koronavirus bu manzilni ham “zabt etdi”. Qirollikka sayohat uchun kelgan Yangi Zelandiya fuqarosida infeksiya aniqlanib u zudlik bilan karantinga olindi.
Bu haqda Sogʻliq saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daily Mail" xabariga asoslanib maʼlum qildi.
“Daily Mail«ning yozishicha, dunyoda pandemiya tarqala boshlangan kezlarda Tonga darhol oʻz chegaralarini yopib, zarur himoya choralarini kuchaytirgandi. Hatto aholini ommaviy emlash jarayoniga kirishilgandi. Shu tufayli mamlakatda kechagacha hech kimda ushbu xavfli kasallik aniqlanmadi.
Ayni paytda Tongo hukumati mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi pandemiyaga dosh berolmasligidan jiddiy xavotirda. Shu sababli Qirollik hududida bugundan karantin eʼlon qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring