Koronavirus aniqlangan eng soʻnggi bemorning ahvoli maʼlum qilindi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarni tashkil qilmoqda.
Infeksiyani yuqtirib olgan eng soʻnggi bemor ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda boʻlgan 14 yoshli jiyani ekanligi maʼlum qilindi. U ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati oʻrta ogʻir darajada. Bemor bilan muloqotda boʻlgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qatʼiy nazoratga olingan.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring