Koreyalik oʻquvchilar chiqindidan tamoman yangi mahsulot tayyorlab uni onlayn usulda sota olishadi — Umida Nazarova

Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi Janubiy Koreya taʼlim muassasalari bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan. Bu yerda salkam besh yildirki, oʻquvchilarga koreys tilidan ham saboq beriladi. Bunda Toshkentdagi koreys til oʻrganish markazining koʻmagi katta.
Bilim maskani rahbariyati shu markaz yordamida Koreyaning Tegu shahridagi raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan yuqori taʼlim maktabi bilan memorandum imzolagan edi. Yaqinda shu kelishuv doirasida maktab direktori Halima Nurullayeva va koreys tili oʻqituvchisi Umida Nazarova yetakchiligidagi bir guruh oʻquvchilar ushbu xorijiy davlatda boʻlib qaytishdi.
— Oʻn bir kun Koreyada boʻlib, juda katta taassurotlar bilan qaytdik, — deydi muallima Umida Nazarova. — U yerdagi ilgʻor taʼlim jarayoni haqida soatlab soʻz yuritish mumkin. Men bu oʻrinda bir misol bilan kifoyalanmoqchiman. Tegu shahridagi yuqori taʼlim maktabining oʻzida kichik innovatsion fabrika tashkil etilgan. Bu yerda oʻquvchilar oʻz gʻoyalari asosida chiqindidan tamoman boshqa bir mahsulot tayyorlash bilan shugʻullanishadi.Tayyor buyumni esa onlayn usulda sotishadi. Ularga tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlar yaqindan turib koʻmaklashishadi. Shu tariqa oʻquvchi kreativ fikrlash sari yoʻnaltiriladi. Maktabda keraksiz oʻquvchining oʻzi yoʻq, degan tamoyil asosida ish yuritiladi.Qolaversa, yangilikka oʻch, ixtirochilik qobiliyati bor yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi ham yaratilgan.
Safar davomida buxorolik oʻquvchilar mashgʻulotlarda ishtirok etdilar, koreys tilida soʻzlashish qobiliyatlarini rivojlantirishdi, Sunchon, Seul, Pusan kabi shaharlarda boʻlib, innovatsion festivallarda qatnashdilar. Milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimizni targʻib etdilar.
Kelgusi yilning bahorida Tegu yuqori taʼlim maktabi vakillarining Buxoroga kelishi koʻzda tutilmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring