“Koʻramiz, nima boʻlarkan”: Tramp Eronning yangi oliy rahbari saylanganiga munosabat bildirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Mujtabo Xomaneiyning Eronning yangi oliy rahbari etib saylanganiga izoh berishni hali erta deb hisobladi.
“Koʻramiz, nima boʻlarkan”, — dedi Amerika yetakchisi The Times of Israel nashriga bergan intervyusida.
Trampning taʼkidlashicha, Eron bilan nizoni qachon tugatish boʻyicha qarorni u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan birgalikda qabul qiladi.
Bundan oldin AQSH prezidenti ABC News telekanaliga bergan intervyusida Eronning keyingi rahbari, agar Vashington maʼqullamasa, “uzoq vaqt hokimiyatda qolmasligini” aytgan edi.
“Men odamlar besh yildan keyin yana shu ishni takrorlashlarini yoki eng yomoni, ularda yadro quroli boʻlishiga yoʻl qoʻyishni istamayman”, — deb taʼkidladi prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring