Konstitutsiyaviy qonun bilan ijro etuvchi hokimiyatning mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi kuchaytirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun muhokama qilindi.
Mazkur Qonun Hukumat faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish va uning zamonaviy sharoitda samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Qonun bilan Vazirlar Mahkamasining vazifa va vakolatlariga doir bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar mustahkamlanmoqda. Xususan, ijro etuvchi hokimiyatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ijtimoiy, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari aniq belgilanmoqda.
Shuningdek, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi, ularning majburiyatlari, vazifalari hamda shaxsiy javobgarligi aniqlashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda Hukumat faoliyatining mas’uliyati va ochiqligini oshirishga qaratilgan qator muhim o‘zgarishlar aks etgan. Jumladan, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlar har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan hisobot taqdim etishi nazarda tutilgan.
Hukumat faoliyatida ish tartibini soddalashtirish uchun yangicha yondashuvni ta’minlash maqsadida mazkur Qonun bilan Vazirlar Mahkamasi doirasidagi barcha masalalar Hukumat majlislarida hal etilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Shu bilan birga, vazirlarning turli yo‘nalishlar bo‘yicha mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi kuchaytirilmoqda.
Jumladan, o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlikda ishni samarali tashkil etishi, biriktirilgan soha va tarmoqlarda yagona davlat siyosatini samarali olib borishi, uni rivojlantirish bo‘yicha natija va oqibatlar uchun shaxsan javobgar bo‘lishi belgilanmoqda.

Qizg‘in kechgan muhokamada senatorlar mazkur Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining turli darajalari o‘rtasida izchillik va harakatlarni muvofiqlashtirish tamoyiliga asoslanishi, bu esa samarali davlat boshqaruvining asosiy omili ekanini qayd etdi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonun davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda, uning samaradorligi va aholi oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishda muhimligini ta’kidlab, uni ma’qulladi.



Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring