Koʻksaroy qarorgohida Koreya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi — Fotoreportaj

11:35 14 Iyun 2024 Siyosat
393 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Koʻksaroy qarorgohida shu kunlarda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

Tadbirdan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер