Kobuldagi Rossiya konsullik boʻlimi yaqinida sodir etilgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz — Oʻzbekiston TIV
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistondagi Rossiya konsullik boʻlimi yaqinida boʻlgan terrorchilik harakatiga munosabat bildirdi.
«Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik boʻlimi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afgʻoniston fuqarolarining qurbon boʻlishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz.
Ushbu gʻayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqiramiz.
Halok boʻlganlarining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sogʻayib ketishini tilaymiz» — deyiladi vazirlik axborotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring