Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

18:43 14 Aprel 2025 Jamiyat
329 0

Foto: Kitob tumani hokimligi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga koʻra, Toirov Farrux Salomovich Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Toirov mazkur tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер