Chiqim kirimdan bir yarim barobar oshib ketdi. Davlat byudjetida nima gaplar?
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjet, davlat xaridlari va suveren xalqaro obligatsiyalarining kotirovkalari toʻgʻrisidagi iyun oyi maʼlumotlari taqdim etildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Davlat byudjet boʻyicha maʼlumotga koʻra, daromad va tushumlar 13 trillion 888 milliardni tashkil qilmoqda. Xarajatlar esa kirimdan deyarli 58,7 foizga (22 trillion 43 milliard) yuqoriroq boʻldi.
«2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunining «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2025-2026-yillarga byudjet moʻljallari» boʻyicha yillik konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375 trillion 30,5 milliardni, byudjet xarajatlari esa 427 trillion 640,3 milliardni tashkil etadi. Bu chiqim kirimdan 14 foizga koʻproq boʻlishi kutilmoqda.
Iyun oyida esa xarajat prognozga qaraganda 44 foizdan koʻproqdir. Asosiy xarajatlar sirasiga 597,5 milliard soʻm elektron doʻkonlarga, eng yaxshi takliflarni tanlash uchun esa 1 trillion 395,6 milliard soʻm sarflagan. Tender savdolari uchun esa 953,8 milliard sarflangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring