Kim Chin In Putin sababli Tramp bilan koʻrishmoqchi

15:14 14 Oktyabr 2025 Dunyo
307 0

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Donald Tramp bilan gaplashmoqchi. Uning ham Vladimir Putindan hafsalasi pir boʻlgan. Putin Shimoliy Koreyadan kelgan qurol va harbiylarga munosib toʻlov taklif qilmagan va Tramp bilan muzokaralarga tayyorligini eʼlon qildi.

Shimoliy Koreya manbalari Kimʼning nutqidan iqtibos keltirar ekan, uning AQSH prezidenti bilan ajoyib xotiralari borligini aytgan. Shu bilan birga u hech qachon yadro qurolidan voz kechmasligini taʼkidlagan.

“Agar Qoʻshma Shtatlar yadrosizlanishga boʻlgan cheklovlardan voz kechsa, biz bilan hamkorlik qilsa, unda biz ularni kutib olmasligimizga sabab qolmaydi”, — degan Kim Chen In.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, Shimoliy Koreyada allaqachon yadro qurollari mavjud. Vashington esa Pxenyanning undan voz kechishini talab qilmoqda. Bu masala uzoq vaqtdan beri AQSH va Shimoliy Koreya oʻrtasida tortishuv mavzusi boʻlib kelgan. Muzokaralar 2019-yildagi Kim va Trampning muvaffaqiyatsiz uchrashuvidan soʻng toʻxtatildi.

Shimoliy Koreya boʻyicha mutaxassis Frederik Spur BILDga bergan intervyusida Kim Chen Inning qarashlari haqida qisqacha toʻxtalgan.

“Kim Tramp yuqori saviyali sammitlarni qadrlashini biladi va Kimning oʻzi uchun ham bunday uchrashuvlar foydali boʻladi. Shu bilan birgalikda Shimoliy Koreya uchun Moskva va Pekinga oʻzining muqobil doʻstlari borligini koʻrsatishda ham qoʻl keladi. Biroq haqiqiy siyosiy oʻzgarishlarni kutmaslik kerak. Agar sammit boʻlib oʻtadigan boʻlsa, bu shouga aylanadi, haqiqiy yutuqlar ehtimolini past baholayman”, — degan ekspert.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?