Kiberhujumlar Yevropadagi bir qator aeroportlar faoliyatiga jiddiy taʼsir qilmoqda

Kiberhujum tufayli Yevropadagi bir qator aeroportlar faoliyatida toʻxtalishlar kuzatilmoqda. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 19-sentyabr kuni tunda tashqi xizmat koʻrsatuvchi provayderga qilingan kiberhujum butun Yevropa aeroportlarida sezilarli uzilishlarga sabab boʻlgan. Aeroport maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Berlinda xavfsizlik nuqtayi nazaridan tizimlarga kirish butunlay oʻchirib qoʻyilgan. Oqibatda uzun navbatlar, kechikishlar va reyslar bekor qilingan.
Berlin aeroporti mazkur hujumning bevosita nishoni boʻlmagan boʻlsada, aeroportdagi yoʻlovchilarga koʻplab noqulayliklar yuzaga kelgan. Jumladan, roʻyxatdan oʻtish qoʻlda amalga oshirilgan. Yoʻlovchilar soatlab kutishiga toʻgʻri kelgan. Shunga oʻxshash yana bir holat Bryusselda ham yuz bergan. Unda rasmiylar aeroport faoliyatida uzilishlar kuzatilayotgani haqida ogohlantirib, yoʻlovchilarga aeroportga oldinroq yetib kelishni tavsiya qilgan.
Londonning Hitrou aeroporti ham muammolar haqida maʼlum qilgan va ularni “texnik nosozlik” deb atagan. Ayni paytda koʻplab Yevropa aviatsiya markazlarida ishlatiladigan servis-provayder tizimlarni tiklash ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring