Xoʻjaobodda yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqaradigan korxona qurilishi boshlandi
Foto: Rustamjon Eshonov
“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Xoʻjaobod tumanida yillik quvvati 3 million tonnaga teng boʻlgan sement ishlab chiqarish zavodining qurilishi boshlandi. Tumanning “Doʻstlik” va Abdulla Qahhor nomli massivlari hududidagi adirlik yonbagʻrida boshlangan loyihaga “RASH-MILK” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan xitoylik investorlar bilan hamkorlikda asos solindi.
— Hozirdan korxonada ishlashni xohlayotganlar soni ortib bormoqda, — deydi Xoʻjaobod tuman hokimligining bandlikka koʻmaklashish markazi mutaxassisi Boburjon Murodaliyev. — Dastlab 800 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Kelgusida bu koʻrsatkich yanada ortadi.

110 million AQSH dollariga teng qiymatdagi loyihaning dastlabki bosqichi shu yilning dekabr oyida ishga tushishi rejalashtirilgan. 2022-yildan boshlab, u toʻla quvvat asosida faoliyat yurita boshlaydi. Korxona hududida ishchilar shaharchasi ham barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring