Xose Mariya Mendes Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi
Ispaniyalik taniqli futzal mutaxassisi Xose Mariya Mendes Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, federatsiya hamda murabbiy oʻrtasida ikki yillik shartnoma imzolangan.
“Mendes mamlakatimiz futzal ishqibozlariga yaxshi tanish. U muqaddam ikki bor Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqargan: dastlab 2011–2012-yillarda, soʻng 2014–2017-yillarda. Uning rahbarligi ostida terma jamoamiz Osiyo chempionatida 2014-yilda bronza, 2016-yilda esa kumush medalni qoʻlga kiritgan”, — deyiladi federatsiya xabarida.
Maʼlumot uchun, 52 yoshli Xose Mariya Pasos Mendes — 1974-yil 28-mart kuni Ispaniyaning Lugo shahrida tavallud topgan. Futzalchilik faoliyatini oʻzining qadrdon shahri jamoalari — “Lugo” hamda “Autos Lobelle” klublarida darvozabon sifatida boshlagan.
Ikki yillik faoliyatdan soʻng u boshqa klublardan takliflar oladi va “Melilya”, “Kafe Kandelas Lugo”, “Valensiya”, Xorvatiyaning “Orkan”, shuningdek, “Barsel” jamoalarida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring