Xorijlik talabalarga diplomlar topshirildi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida nafaqat respublikamiz yoshlari balki bir qator xorijiy davlatlardan xususan, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Tunis, Filippin, Nepal, Bangladesh, Falastin, Eron, Malayziya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirgʻizistondan 4000 ga yaqin talabalar tahsil olishmoqda.

Yaqinda yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xorijlik bitiruvchi talabalarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ishtirok etib, ularga universitetda olgan bilimlarini amaliyotga keng tatbiq etib, oʻz yurtlarida yetuk shifokor boʻlishlari yoʻlida omadlar tiladi.


“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring