Xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum qilindi
Xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni qariyb 86 ming nafarga yetdi. Bu borada mintaqada Qozogʻiston, dunyoda esa Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021/22-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 33 ming nafarga ortdi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi 90,3 ming nafar talaba bilan mintaqada yetakchilik qilmoqda.
Dunyo miqyosida Xitoy Xalq Respublikasi 1,1 mln. talabasi xorijda tahsil olishi bilan mutlaq yetakchilik qilmoqda.
Mintaqadagi ayrim davlatlar boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:
— Qozogʻiston – 90,3 ming nafar
— Oʻzbekiston – 85,9 ming nafar
— Ukraina – 79,9 ming nafar
— Turkmaniston – 68,2 ming nafar
— Rossiya – 57,6 ming nafar
— Afgʻoniston – 31,9 ming nafar
— Tojikiston – 28 ming nafar
— Belarus R. – 24,5 ming nafar
— Qirgʻiz R. – 13,3 ming nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring