Xorazmda senatorlar yoshlar bilan uchrashdi
Xorazm viloyatida Oliy Majlis Senati aʼzolari va yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev hamda Senatning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova yoshlarga oid siyosatning ustuvor yoʻnalishlari, sohaga doir islohotlar va ularning natijalari yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Senatorlar ilmga chanqoq, intiluvchan yoshlarni ragʻbatlantirish, ular uchun yangi grantlar, ilmiy loyihalar va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlariga toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida yoshlarning savollariga javob berildi, ularning taklif va fikrlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring