Xorazmda quvvati 174 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida qurilgan, quvvati 174 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasi joriy yilning 10-mart kuni soat 14:55 da ishga tushirilib, Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.
Ushbu elektr stansiya yiliga 1,4 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 175 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Tejalgan tabiiy gazga qoʻshimcha 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi, buning natijasida (ushbu 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi bilan) qoʻshimcha ravishda bir yil davomida 350 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni yaratiladi.
Umumiy qiymati 105 million AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur loyiha Turkiyaning “Odaş Enerji CA” kompaniyasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.
Qurilish davomida 350 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan boʻlsa, loyiha ishga tushishi natijasida, tumanda 60 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring