Xorazmda qariyb 10 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Videodan kadr
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi koʻp qavatli uyda 9,9 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Hazorasp tumanida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida qoida buzilish holati aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, tumandagi “Pahlavon Mahmud” MFYda joylashgan “H.Q.I.” MChJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarini soxtalashtirib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgan boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 9 milliard 987 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Hozirda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring