Xorazmda patrul-post xizmatiga yangi avtomobillar berildi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida patrul-post xizmati avtoparkiga yangi avtomobillar keltirildi.
Hududda faoliyat olib borayotgan xodimlarga 5 ta “Cobalt” rusumli yangi xizmat avtomobillari berildi. Ushbu avtomashinalar zamonaviy aloqa vositalari hamda ichki axborot tizimi – FICE bilan jihozlangan. Bu qulaylik xodimlarga yoʻlda toʻxtatilgan shaxslarning hujjatlarini yoki avtomashina raqamlarini joyida tekshirib, qidiruvda boʻlganlarini aniqlashda qoʻl keladi.
Yangi xizmat avtomashinalari koʻcha va yoʻl kesishmalarida jamoat tartibini nazorat qilish, yoʻl harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchi yoki piyodalarni oʻz vaqtida qayd etish imkoniyatiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring