Xorazmda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz ishini boshladi. Ushbu yarmarkani oʻtkazishdan asosiy maqsad – sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Yarmarkaning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov ishtirok etib, koʻrgazma pavilyonlaridan joy olgan, mahalliy sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqotda boʻldi.

— Sanoat yarmarkasida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan ishlab chiqaruvchilar turizm, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi texnikasi, mebelsozlik, kimyo va toʻqimachilik sanoati boʻyicha oʻz mahsulotlari bilan qatnashmoqda, — deydi Xorazm viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi Fozilbek Xudoyberganov. — Koʻrgazmada innovatsion ishlanmalar asosida tayyorlangan yangi turdagi mahsulotlar hamda import oʻrnini bosuvchi buyumlar qatnashchilarning diqqat eʼtiborini tortmoqda. Yarmarka ertaga oʻz ishini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring