Xorazmda “Gilamlar jilosi” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Joriy yilning 18-19-oktyabr kunlari Xiva shahrida “Gilamlar jilosi“ xalqaro gilam koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Ushbu koʻrgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan gilamdoʻzlik anʼanalarini asrab-avaylash, ilmiy tadqiq etish, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va keng targʻib etish, anʼanaviy usulda gilam toʻqiyotgan usta hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash hamda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
“Hunarmand” uyushmasi, Turizm qoʻmitasi va Xorazm viloyat hokimligi hamkorligida uyushtiriladigan xalqaro tadbirda mahalliy va xorijiy hunarmandlar, olimlar, soha mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Xalqaro koʻrgazma doirasida “Oʻzbek gilamdoʻzligi: anʼana va innovatsiya” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring