Xorazmda erkak mehmonga kelgan uyida oʻgʻirlik sodir etdi

00:50 06 Dekabr 2021 Jamiyat
946 0

Xorazmda mehmon tanishining uyidan tilla taqinchoq oʻgʻirladi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi I.K. uyiga tanishi mehmon boʻlib kelgan. I.K. mehmonni kuzatgach, uyida tilla taqinchogʻi va kurtkasi yoʻqolganini payqagan. Shundan soʻng uy egasi mehmonga telefon qilib, narsalari yoʻqolganini bildirgan.

Mehmon bu gaplardan soʻng xafa boʻlganini aytib, uyali aloqa telefonini oʻchirib qoʻygan. Yoʻqolgan narsalar topilmagandan keyin u tuman ichki ishlar boʻlimiga xabar bergan. 

Tekshiruvlar natijasida mehmon oʻgʻri boʻlib chiqqan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida R.S. ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер