Xorazmda dorilarni retseptsiz sotayotgan farmatsevt qoʻlga olindi

17:30 16 Yanvar 2026 Jamiyat
491 0

Hazorasp tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotayotgan dorixona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “X.D.D.” MCHJ dorixonasi farmatsevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida dorixona mudirining moddiy javobgarligida boʻlgan qatʼiy hisobda turadigan bemorlarga retsept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan dori vositalarining kamomadi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?