Xorazmda ayol uch nafar farzandiga yoqib yuborish bilan tahdid qildi
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlib, ularni yoqib yuborish bilan bevosita tahdid qilishi aks etgan video tarqaldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur holat Xorazm viloyati, Urganch tumanida boʻlgan. Hozirda bu holatni toʻla aniqlash boʻyicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlari olib borishga kirishildi.
Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olindi.
Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qatʼiy nazar, aybdor shaxslarni qonunda koʻzda tutilgan javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi taʼminlanadi. Bolaning hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasidadir, deydi Bolalar ombudsmani.
Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring