Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryoda “dollarchi”lar ushlandi
Foto: Prokratura departamenti
Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Tuproqqalʼa tuman boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan J.A., B.I., D.D. jami 4 ming dollarni fuqaro Sh.A.dan 50,4 million soʻmga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.M. va N.D. jami 3,3 ming dollarni fuqaro A.A.ga 41,9 million soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mirishkor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.N. jami 2 950 dollarni fuqaro B.T.ga 37,4 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan E.B. jami 2,9 ming dollarni fuqaro R.A.dan 36,3 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring