Xom mevani eksport qilayotgan “chaqqon” savdogarlar tanqid qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida eksport 21 ta tumanda oʻtgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagani koʻrsatib oʻtildi.
Vaholanki, bu tumanlarda 80 ming gektar paxta va gʻalla ekilmaydigan maydon, yana 55 ming gektar tomorqa yeri bor. Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada oʻzgarish qilish boʻyicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.
“Mahsulotlarimiz sifatli va shirin boʻlgani uchun tashqi bozorlarda «Oʻzbekistonda yetishtirilgan” brendi shakllangan», dedi davlatimiz rahbari.
Lekin, ayrim “chaqqon” savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni koʻzlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna Oʻzbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.
Natijada Oʻzbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda oʻz oʻrnini yoʻqotishi mumkinligi qatʼiy koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring