Xizmat tekshiruvi: “Chor Bakr” majmuasining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn auksionga qoʻyilgan

10:42 08 Fevral 2022 Madaniyat
1310 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chor Bakr” majmuidagi yer auksion savdoga qoʻyilganligi toʻgʻrisida eʼlon qilingan maʼlumotlar yuzasidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi. 

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022-yil 17-yanvardagi Buxoro viloyatida Xizmat tekshiruvi oʻtkazishi natijasida Buxoro tumani ”Shergiron" MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan “Chor Bakr” (majmuasi) madaniy meros obyektining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn auksionga qoʻyilganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2022-yil 7-yanvar kuni (03-m/21-sonli) Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga yoʻllangan murojaat xatiga koʻra “Chor Bakr” majmuasi qoʻriqlanadigan tegrasidan 0.018 ga 6 ta jami (0.10,8 ga) boʻsh turgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini koʻrishni bildirgan.

Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga 2022-yil 12-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qarorning 63-bandiga asosan madaniy meros obyektining qoʻriqlanadigan tegralari hududidan tanlangan yer uchastkalari Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasiga yuborilganligi maʼlum qilingan.

Shuningdek, Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi 2022-yil 10-yanvar kuni (03-m/25-sonli) Buxoro tumani hokimiga, “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qoʻyilgan 6 ta yer uchastkalarini auksiondan chiqarishda hamda “Chor Bakr” majmuasining muhofaza tegralarida tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish maqsadida uning muhofaza tegralarida barcha turdagi yangidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda olib borilishi yuzasidan murojaat yoʻllagan.

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2021-yil 6-yanvar kuni Buxoro tumani Nerigon mahalla fuqarolar yigʻini raisini 1972-yilda imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Umumjahon merosi qoʻmitasining tegishli qarorlarining talablariga koʻra, nomzodnoma obyektlar roʻyxatiga kiritilgan yodgorliklar ham YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar singari muhofazaga olinishi shartligi belgilab qoʻyilganligini hamda “Chor Bakr” majmuasi va uning muhofaza hududida hamda madaniy meros obyektlari va ularning tegralarida tegishli ruxsatnomalarni olmasdan yer qazish, yer tuzish, bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish ishlarini amalga oshirilgan taqdirda amaldagi qonun talablariga binoan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Ushbu majmua YUNESKO Umumjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritish mutaxassislar ishtirokida, ilgʻor va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan xolda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan XVI-XX asrlarga mansub boʻlgan ushbu tarixiy yodgorlikning muhofaza qilinadigan tegralar hududidan ijaraga va mulk huquqi asosida 6 ta har biri 0,018 ga. dan iborat yer uchastkalari berilishi amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda elektron onlayn auksion orqali sotuvga qoʻyilganligini inobatga olinib, holatga huquqiy baho berish maqsadida hujjatlar huquq-tartibot organi idoralariga yuborilgan.

Oʻrganish natijalari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер