Xitoylik olimlar “COVID-19” singari odamlarga yuqadigan yana bir koʻrshapalak virusini aniqlashdi
Xitoylik olimlar jamoasi hayvonlardan odamlarga yuqish xavfi yuqori boʻlgan yangi koʻrshapalak koronavirusini aniqladi. Bu haqida “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, mazkur virus Guanchjou laboratoriyasi fanlar akademiyasi, Uxan universiteti va Vuxan virusologiya instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlangan.
“Yangi topilgan virusning kelib chiqishi boʻyicha hozircha aniq maʼlumotlar mavjud emas. Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, u koʻrshapalaklarda paydo boʻladi va uy hayvonlari orqali odamlarga yuqishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar koʻrshapalakdan olingan yangi virus namunalari inson hujayralarini ham zararlashga qodir, deb hisoblashmoqda.
“Virus tufayli vahima uygʻonishiga asos yoʻq. Biz hali koʻplab tadqiqotlar oʻtkazishimiz kerak. Chuqur tahlillardan soʻng uning qanchalik zararli ekanligini aniqlaymiz va natijalarga qarab harakat qilamiz”, — deydi olimlar guruhi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring