Xitoyda qurilayotgan koʻprik qulab tushdi: 12 kishi halok boʻldi
Foto: Синьхуа
Xitoyning Tszinyan uezdida (Tszinxay provinsiyasi) qurilish jarayonida koʻprikning asosiy trosi uzilib, konstruksiya qulab tushdi. Hodisa oqibatida 12 ishchi halok boʻldi, yana 4 nafar quruvchi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Fojia 22-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da sodir boʻlgan. Qulash chogʻida koʻprikning 108 metr uzunlikdagi poʻlat ustuni yerga qulab tushgan. Voqea vaqtida qurilish maydonida jami 16 ishchi boʻlgan.
Qutqaruv ishlari darhol boshlangan: soat 14:00 ga kelib 806 nafar qutqaruvchi, 91 dona texnika, 27 ta qayiq, vertolyot va 5 ta robot jalb etilgan.
Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi olti shifoxonaga yetkazilgan. Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi voqea joyiga maxsus guruh yuborib, qidiruv-qutqaruv ishlarini shaxsan nazorat qilmoqda. Bedarak yoʻqolgan ishchilarni topish uchun barcha resurslar safarbar etilgan.
Rasmiylar koʻprikning qulashi sabablarini qisqa muddatda aniqlash va kelgusida bunday falokatlarning oldini olish zarurligini taʼkidladi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu poʻlat arka shaklidagi koʻprikning asosiy qurilish ishlari avgust oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring