Xitoy Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga “oʻlim” bilan tahdid qildi

XXR Tayvan mustaqilligini qoʻllab-quvvatlashni “jinoiy harakat” deb eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, mazkur jinoyat jazosi oʻlim bilan malakalanishi ham mumkin. Bu haqda “Yahoo News” xabar berdi.
Xitoy Oliy sudi, Prokuratura va uchta vazirlik tomonidan chiqarilgan qaror “Tayvan mustaqilligi” tarafdorlarini qattiq jazolashga yoʻnaltirilgan.
Ushbu qaror Tayvan yangi prezidenti Lay Sinde lavozimga kirishganidan koʻp oʻtmay eʼlon qilindi. Xalqaro tahlil markazlari holatni Pekinning tajovuzkor pozitsiyasini kuchaytirganining belgisi sifatida talqin qilmoqda.
Lay Sinde inauguratsiyasidan soʻng Pekin Taybey atrofida harbiy mashgʻulotlarni koʻpaytirdi va bu konfliktlarga sabab boʻlyapti. Natijada, Tayvanning Xitoyga investitsiyalari sezilarli darajada kamayib, AQSHga yaqinlashish siyosatini tanladi.
Tayvan mustaqilligi tarafdorlari oʻlim jazosiga mahkum etilishi mumkinligiga javoban, prezident Lay Tayvan xalqini oʻz qarashlari uchun jazolashga yoki ularni transchegaraviy taʼqib qilishga Xitoyning haqli emasligini bildirdi.
U avtokratik choralarni tanqid qilib, bunday harakatlar Tayvan va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlarni yanada sovuqlashtirishidan ogohlantirdi. Prezidentning taʼkidlashicha, Xitoy Tayvan xalqini oʻz qarashlari yoki himoyasi uchun “jazolashga haqqi yoʻq”.
Layning Demokratik progressiv partiyasi uzoq vaqtdan beri Tayvan suverenitetini yoqlab keladi. Xitoy Layni “xavfli ayirmachi” deb atadi va uning inauguratsiya nutqini “Tayvan mustaqilligini tan olish” deb tanqid qildi. Lay inauguratsiya nutqida Pekin bilan muloqotni tiklashga tayyorligini bildirib, ikki tomon oʻrtasidagi almashinuvni kuchaytirishga chaqirgandi.
Xitoy Tayvan mustaqilligini kuch bilan toʻxtatishga tayyorligi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring