Xitoy kompaniyasi Toshkentdagi kanallar qirgʻoqlarini tartibga keltirishda ishtirok etadi
Foto: tashkentnews.uz
Toshkent shahar hokimiyatida Xitoyning “China Metallurgical Construction Engineering Group Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Kompaniya vakillari Toshkent shahridagi magistral kanallar qirgʻoqlarini mustahkamlash boʻyicha oʻzaro manfaatli tashabbuslar bildirib, mazkur kanallarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlarida qatnashish niyatini bildirishdi.
Shuningdek, Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi kanallarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari loyihalari bilan tanishib, oʻz navbatida Xitoyda joylashgan banklar orqali ushbu loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun ushbu kompaniya dunyodagi eng kuchli 500 ta kompaniyalar roʻyxatiga kirgan boʻlib, hozirgi kunda dunyoning 60 % hamda Xitoyning 90 % poʻlat mahsulotlarini yetkazib beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring