Xitoy bahsli orolda harbiy inshoot qurishda gumon qilinmoqda
Foto: Reuters
Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Triton orolini harbiy jihatdan oʻzlashtirishda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Associated Press“ axborot agentligi xabar bermoqda. Ushbu orolga Vyetnam va Tayvan ham daʼvogarlik qiladi.
Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarga koʻra, Xitoy havo yoʻlagi qurayotgan boʻlishi mumkin. Agar u qurilsa, ushbu inshoot Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy nazoratidagi orollardagi barcha boshqa yoʻlaklardan kattarogʻi boʻladi.
Nashrning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarga koʻra, uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilishi avgust oyining boshida boshlangan. Uning uzunligi 600 metrdan ortiq boʻlishi, turbovintli va uchuvchisiz samolyotlarni sigʻdirish uchun yetarli boʻlishi kutilmoqda. Ammo u qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarga moʻljallanmagan.
Triton — Parasel guruhidagi eng katta orollardan biri boʻlib, ilgari u Vetnamga tegishli edi. 1974-yildagi kichik dengiz mojarosi natijasida Xitoy tomonidan bosib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring