Xitoy AQSHning yangi tariflariga qarshi javob choralari koʻrishni vaʼda qildi
Illyustrativ foto
Xitoy AQSHning yangi tariflari munosabati bilan oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun javob choralarini koʻradi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan maʼlum qilindi.
“Xitoy bunga qatʼiy qarshilik qiladi va oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun javob choralarini koʻradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Shu oʻrinda vazirlik Vashingtonning AQSH xalqaro savdodagi mavjud vaziyatdan aziyat chekayotgani haqidagi daʼvolariga ham qoʻshilmagan.
«AQSH xalqaro savdoda zarar koʻrayotganini bahonasi bilan barcha savdo hamkorlari uchun tariflarni oshirayotganini daʼvo qilmoqda. Bunday yondashuv orqali koʻp yillik savdo muzokaralari davomida erishilgan manfaatlar muvozanatiga eʼtibor qaratilmayapti va AQSHning oʻzi uzoq vaqtdan beri xalqaro savdodan sezilarli foyda koʻrganini hisobga olmayapti”, — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Pekin AQSH bojlari xalqaro savdo qoidalariga zid va tomonlarning qonuniy huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, deb hisoblaydi, chunki bojlarni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror subyektiv baholar asosida qabul qilingan. Shu bois koʻplab savdo hamkorlar allaqachon keskin norozilik va ochiq qarshilik bildirishgan.
Gʻaznachilik kotibi Skott Bessentning aniqlik kiritishicha, Xitoy importiga yangi tariflar ilgari mavjud choralarga qoʻshiladi va birgalikda 54 foizga yetadi.
Chorshanba kuni kechqurun AQSH prezidenti Donald Tramp boshqa davlatlardan import qilinadigan mahsulotlarga oʻzaro tariflar joriy etilishini eʼlon qildi. Asosiy minimal stavka oʻn foizni tashkil qiladi, ammo har bir mamlakat uchun tarif Amerika tovarlarini import qiluvchi kompaniyalardan olinadigan toʻlovning yarmiga teng boʻladi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, bu AQSHning iqtisodiy mustaqilligi deklaratsiyasi boʻladi va davlat qarzini toʻlash uchun katta mablagʻlardan foydalanishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring