Xavfsizlik texnikasi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarga zamonaviy skuterlar topshirildi.

13:11 29 Fevral 2020 Jamiyat
2077 0

“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining avtotransport va mexanizmlar xizmati joylashgan mazkur obyekt, zamonaviy arxitektura talablari asosida kapital taʼmirdan chiqarildi. U yerda transport vositalariga moʻljallangan alohida turargoh, yoqilgʻi quyish hamda texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dispetcherlik punkti kabi xizmat faoliyatiga oid qulayliklarga ega boʻlgan xonalar qayta qurilib, jihozlandi.

Ochilish marosimida, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv rahbariyati, sohada uzoq yillar mehnat qilgan mehnat faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Bunday qulay shart-sharoitlar ishchi xodimlarni ish jarayonida xavfsiz mehnat qilishlarini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, tadbir davomida, jamiyat tasarrufidagi tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonalarining xavfsizlik texnikasi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarga zamonaviy motorollerlar (skuter) topshirildi. Endilikda ular oʻz hududlaridagi obyektlarda bajarilayotgan barcha ishlarning tezkorligi, sifati va texnika xavfsizligi masalalari yuzasidan nazoratni kuchaytirish imkoniga ega boʻlishadi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, oʻtgan davr mobaynida “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 16 ta tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi toʻliq kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan edi.
 

Kunning ikkinchi yarmida yoshlar bilan ishlashda samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan oʻtkazgan uchrashuvida davomida, yoshlarni madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, hududlarda tikuv–trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini taʼminlashdek 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Uchrashuvda, “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi oʻrinbosari R.O.Raimov uchrashuv jarayonida viloyatning energetika sohasida mehnat qilayotgan yosh xodimlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab, ularni yetuk mutaxassis va yuksak maʼnaviyatli inson qilib tarbiyalash borasida keskin chora–tadbirlar belgilash lozimligini aytib oʻtdi.

Elyor EHSONOV,

“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?