Xavfsizlik sohasidagi samarali hamkorlik SHHT rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Kun tartibidagi ekologik muammolar alohida dolzarblik kasb etmoqda.
“Barchamiz uchun hayotiy oʻta muhim boʻlgan ushbu sohada amaliy hamkorlikning yangi mexanizmlari va shakllari zarurdir”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Oʻz tarkibida siyosatchilar, jamoat arboblari, olimlar va ekspert-ekologlar, biznes vakillarini birlashtira oladigan SHHT Iqlim kengashini tuzish taklif qilindi.
Xavfsizlik sohasidagi samarali hamkorlik SHHT rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi samaradorligini oshirish, jumladan, xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlardan ogohlantirish va ularga tezkorlikda munosabat bildirishga oid shartnomalar asosida ushbu tuzilmaning faoliyatini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Mamlakatlarimizdagi vaziyatni baholash va bugungi voqelikni hisobga olgan holda majmuaviy qarorlar qabul qilish uchun Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining yillik sayyor yigʻilishlari amaliyotini yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun qoʻshma platformani yaratish vazifasi tobora dolzarb boʻlib borayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring