Xalqaro islom akademiyasi Xalqaro islomshunoslik akademiyasi deb qayta nomlanadi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi. Bu haqida “OʻzA” xabar berdi.
Prezident “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonini imzoladi.
Ushbu farmoni bilan Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda oʻquv dasturi, qoʻllanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
“Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yoʻnalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga masʼul muassasa hisoblanadi.
Islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini joriy etish akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Bundan tashqari, akademiya quyidagilar bilan ham shugʻullanadi:
-
vijdon erkinligi va konfessiyalararo bagʻrikenglikni taʼminlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
-
diniy-maʼrifiy yoʻnalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmogʻida taʼlim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;
-
talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish;
-
mamlakatda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.
Akademiya oʻquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilaydi.
Qoʻmita bilan kelishgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini tegishli yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring