Xalqaro hamkorlikda kasb maktablari ochiladi
Respublika Migratsiya agentligining Navoiy viloyatidagi hududiy filiali rahbari Rossiya Federatsiyasining Boshqirdistondagi “SVARTEKS” kompaniyasi vakili Marsel Asfandiyarov bilan birgalikda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. Unda Navoiy viloyatida hamkorlikda kasb maktablari tashkil etish boʻyicha loyihalar muhokama etildi.
Muzokaralarda viloyatimizda “Payvandlash maktabi“ tashkil etish tashabbusi ilgari surildi, — deydi filial rahbari Ismat Boltayev. — Dastlabki loyiha uchun Qiziltepa tumanidagi kollej tanlanib, hamkor kompaniya tomonidan bir qator jihozlash ishlari taklif etildi. Shuningdek, muzokaralar yakunida viloyatimizning Xatirchi agrotexnikumida ham mazkur maktabni ochish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Xorijiy hamkor tomonidan har bir loyihaga 100 000 AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Mazkur maktablarda oʻqish kurslari 2 oy davom etib, guvohnoma beriladi va tinglovchilarga razryad tayinlanadi. Bitiruvchilar oylik ish haqi oʻrtacha 2000-4500 AQSH dollarida boʻlgan Rossiyaning yirik korxonalariga ishga yoʻnaltiriladi va joylashtiriladi.

Taʼkidlash joiz, “SVARTEKS” kompaniyasi Boshqirdistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalarda biri boʻlib, nafaqat oʻz ehtiyoji, balki Rossiyadagi boshqa korxonalar uchun ham malakali kadrlar tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Eng muhimi, federatsiya mehnat bozorida ishonchli hamkor sifatida uzoq yillik tajribaga ega.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring