Kazinoda 4 million AQSH dollari yutib olgan erkak “yuragi yorilib” oʻldi

16:24 25 Iyun 2024 Dunyo
520 0

Singapurda erkak kazinoda jekpotga qoʻyilgan 4 million AQSH dollarini yutib oldi. Afsuski, bu unga nasib etmadi. Erkak shu joydayoq yurak xurujidan vafot etgan. Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Maʼlum qilinishicha, shifokorlar erkak infarktdan vafot etganini tasdiqlashgan.

Qayd etilishicha, voqea Singapurdagi “Marina Bay” kazinosida sodir boʻlgan. Videoda erkak yerda yotgani, uning rafiqasi ekanligi taxmin qilingan ayol unga yordam berishga urinayotganini koʻrish mumkin.

“Open Source Intel on X” maʼlumotlariga koʻra, marhum birdaniga kuchli hayajondan qon-bosimi oshib ketgan va hushini yoʻqotgan. “Vaqtida berilmagan yordam tufayli esa infarktga aylangan”, deyiladi xabarda.

Kazinolarda avval ham katta miqdordagi pul yutganidan keyin yurak xurujlari yoki boshqa jiddiy tibbiy favqulodda vaziyatlarni boshdan kechirish holatlari qayd etilgan. Masalan, 2000-yilda Atlantik shtatidagi kazinolardan birida 50 yoshlardagi ayol jekpot yutib olib, yurak xurujidan vafot etgandi.

Bunday voqea 2012-yilda Las-Vegasda ham sodir boʻlgan. 70 yoshlardagi erkak kazinolardan birida katta miqdorda pul yutib oldgan. Bu uning hayotidagi soʻnggi quvonchi voqea boʻlib qoldi. Keksa otaxon kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar bemorning hayotini saqlab qola olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер