Kattaqoʻrgʻonda kunduzgi parvarish xizmati markazi ochildi
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, nogironligi boʻlgan bolalar hamda ularning ota-onalari uchun qulay sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu ishlar Samarqand viloyatida ham izchil davom ettirilmoqda.
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Mirzo Ulugʻbek nomli mahallada tadbirkor Ijobat Muhammadiyeva tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmati markazi faoliyatini boshladi.
Ushbu maskanda 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarga xizmat koʻrsatiladi. Markazda malakali mutaxassislar bolalar bilan taʼlim, logoped xizmati, musiqa, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, mehnat koʻnikmalari va boshqa yoʻnalishlarda ish olib boradi.

Markazning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Kattaqoʻrgʻon tuman hokimligi, soha mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda qayd etilganidek, bunday tashabbuslar nafaqat bolalarning rivojlanishiga, balki ularning ota-onalari bandligini taʼminlash orqali oilalarga qoʻshimcha daromad kirishiga ham xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring